Qiziqarli kechgan o'yinda Ulug'bek Bakaev shogirdlari Mirjalol Qosimov jamoasidan ustun keldi. "Buxoro" shu tariqa 9 yildan so'ng Olmaliqda OKMKni taslim qildi. Ko'hna shahar jamoasi oxirgi marotaba 2016 yil Superliga doirasida raqibini safarda enggan edi.
"Buxoro" navbatdagi uchrashuvini 29 iyun kuni "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazadi.