iks
ads

Tantashev bugun "River Pleyt"ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 08:55
  • 249
  • 30

"River Pleyt" "Inter"ga qarshi o‘yinda ikki bor chetlatish oldi. O‘yinni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib bordi.

Argentina jamoasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida "River Pleyt" himoyachisi Lukas Martines Kuarta birga-bir vaziyatga chiqib ketmoqchi bo‘lgan Genrix Mxitaryanni yiqitgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkinchi sariq kartochkani olgan himoyachi Gonsalo Montyel ham maydondan chetlatildi.

Ўхшаш янгиликлар