Nashr malumotlariga ko'ra, hujumchi ona shahri Bushirga oilasini ko'rish uchun borgan. Eronlik avtomobilda ming kilometrdan ortiq masofani bosib o'tgan va jamoaga xavfsiz joyda ekanligini aytgan.
Avvalroq 32 yoshli futbolchi Eron havo hududi yopilgani sababli vatanini tark etib, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida "neradzurri" safiga qo'shilishda qiynalayotgani malum bo'lgandi.
Jumaga o'tar kechasi Isroil havo kuchlari samolyotlari Eronning yadroviy inshootlariga zarba berdi. Bunga javoban Eron shanbaga o'tar kechasi Isroilga raketa uchirdi.
Italiya chempionatining o'tgan mavsumida Taremi "Inter" safida 26 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati AQSHning 11 shahrida o'tkazilmoqda.