Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi futbolchilari "Nasaf" qarorgohida bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 14:08
  • 45
  • 30

Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasining yosh futbolchilari "Biz bir jamoa" shiori ostida "Nasaf" o'quv-mashg'ulotlar bazasiga keldi.

U erda bolalar futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. 

"Nasaf" jamoasi bosh murabbiysi Ro'ziqul Berdiev yosh futbolchilarga zarur bo'lgan tavsiyalarni berdi.

"Yaxshi futbolchi bo'lish uchun eng avvalo ona yurtni sevish kerak, yurtga muhabbati yuksak inson har jabhada muvaffaqiyatga erishadi.

G'alaba – bu mehnat, tirishqoqlik, intilish va g'urur. Buni hech qachon yoddan chiqarmang", – dedi Berdiev yoshlarga qarata.

Bo'lajak futbolchilar "Nasaf" jamoasi mashg'ulotlarini stadiondan tomosha qilishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar