"Bunyodkor" stadionida ayollar o'ynaydi: Superliga bahsi "Do'stlik"ka ko'chdi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 14:56
  • 54
  • 30

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "So'g'diyona" uchrashuvi 29 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazilishi lozim edi.

"17 iyun kuni O'FA Ligaga xat yo'llab, "Bunyodkor" stadionida ayollar o'rtasida Osiyo Kubogining saralash uchrashuvlari o'tkazilishini, shundan kelib chiqib, Superliga o'yinini boshqa stadionga ko'chirishni so'radi. O'z navbatida, "Bunyodkor" O'FA bilan kelishgan holda "So'g'diyona" bilan uchrashuvni Do'stlik stadioniga o'tkazishga qaror qildi. "Bunyodkor" arenasida esa O'zbekiston, Nepal, Laos, Shri Lanka ayollari o'ynaydi. 

Malumot uchun, Superliga va Pro liga reglamentiga ko'ra, rasmiy uchrashuv o'tkaziladigan stadion bellashuv startiga 20 kun qolganida aniq bo'lishi lozim. Biroq mazkur o'zgarish sababchisi "Bunyodkor" emasligidan kelib chiqib, Superliga o'yini mezbonlik bilan bog'liq barcha talablarni to'liq bajarish shartida boshqa stadionga ko'chirildi", – deyiladi Professional futbol ligasi xabarida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar