Toshkentda ayol hakamlar uchun FIFA seminari boshlandi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 15:56
  • 36
  • 30

Ushbu seminarda 24 nafar ayol hakam – 8 nafar bosh hakam, 11 nafar yordamchi hakam va 5 nafar Hakamlar akademiyasi tinglovchilari ishtirok etmoqda.

Bugun bo'lib o'tgan seminarda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik sohasiga, xususan, ayol hakamlar rivojiga qaratilayotgan etibor haqida so'z yuritdi. U har bir hakam o'z ustida doimiy ishlashi, chet tillarini o'rganishi lozimligini takidladi. Shunda ular zamonaviy hakam sifatida shakllanishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, seminarda ishtirok etayotgan hakamlar FIFA instruktorlari Rodzali Yakub Muhammad, Ali Traifi va rossiyalik tajribali ayol hakam Anastasiya Pustovoytova tomonidan berilayotgan tavsiyalarni diqqat bilan tinglashi, faol qatnashishi va savollar orqali o'z malakalarini oshirib borishi muhimligi aytib o'tildi.  

O'FA texnik direktori Gi Kiala ham marosimda so'zga chiqib, ayol hakamlarning o'rni futbol rivojida tobora ortib borayotganini takidladi. U ushbu seminar orqali hakamlar nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirib, kelgusida milliy va xalqaro maydonlarda faol ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.

Rodzali Yakub Muhammad so'zga chiqib, O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston futbol hakamlar markaziga ko'rsatgan mehmondo'stligi uchun minnatdorlik bildirdi va seminar qatnashchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Anastasiya Pustovoytova ham taklif uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, seminar davomida ishtirokchilarga o'z bilim, tajriba va ko'nikmalari asosida tavsiyalar berishini malum qildi.

Seminar davomida hakamlar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, FIFA instruktorlari Ali Traifi va Anastasiya Pustovoytova tomonidan Hakamlar akademiyasida tahsil olayotgan yosh hakamlarga hakamlik faoliyatining asosiy tamoyillari bo'yicha maruzalar o'qib beriladi.

Malumot uchun, seminar 30 iyunga qadar davom etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar