
Bu haqda "qizillar" matbuot xizmati xabar berdi.
"Chap qanot himoyachisi tibbiy ko'rikdan o'tdi va AXA mashg'ulot markazida Premer-liga chempioni bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi", – deyiladi klub xabarida.

Avvalroq futbolchining transfer narxi 40 million funt (46,8 million evro)ni tashkil etishi xabar qilingandi.
21 yoshli Milosh Kerkez Angliya Premer-ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida 38 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.