"Hozirga kunda O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Islombek Ismoilov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.
Islombek Ismoilov 1992 yilda Marg'ilon shahrida tavallud topgan. "Paxtakor" jamoasi futbol maktabida talim olgan. Murabbiylik faoliyatini 2015 yilda "Yozyovon" klubidan boshlagan. 2018 yildan boshlab Oltiariqning "Iftixor" va Marg'ilonning "Farovon" BFK, 2019-21 yillarda Superligada Yaypanning "Turon" jamoasida ishlagan.
2022 yildan boshlab asosiy faoliyatini O'zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratib, 2025 yilda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi musobaqasida chempionlikni qo'lga kiritdi.
Malumot o'rnida, Islombek Ismoilov "Neftchi" U-21 jamoasidagi faoliyatini birinchi davra o'yinlari yakunida boshlashga kirishadi", – deyiladi Farg'ona klubi xabarida.
Avvalroq Championat.asia sayti Islom Ismoilov "Neftchi"da faoliyat yuritiga haqida xabar bergan edi.