Momaqaldiroq "Real"ning o‘yiniga ta’sir qilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 22:22
  • 27
  • 30

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi “Real” – “Zalsburg” uchrashuviga ob-havo sharoiti xalaqit berishi mumkin.

Musobaqa guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi Filadelfiyada bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.

Marca nashrining xabar berishicha, shtatdagi g‘ayritabiiy issiqlikdan so‘ng o‘yin davomida momaqaldiroq xavfi kuchayishi kutilmoqda. AQSHda o‘yin o‘tkazish qoidalariga ko‘ra, agar stadiondan 8 mil radiusda (taxminan 13 kilometr) chaqmoq tushsa, o‘yin to‘xtatiladi, jamoalar maydonni, muxlislar esa tribunani tark etishadi.

Qayd etilishicha, jamoalarga noqulay ob-havo sharoiti haqida xabar berilgan. Ayni damda ob-havo turnirning 6ta o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar