Daniyalik futbolchi Manchesterda 3 yillik faoliyatini o'tkazdi va shartnomasi yakunlanganidan keyin jamoani tark etdi.
"Menimcha, bu erga kelib, yuragi hasta bo'lgan oddiy odam emas, haqiqiy futbolchi ekanligimni namoyish qilib bera oldim. Men futbolchiman va bundan faxrlanaman. Barcha insonlarga qiyin holatlarda ham hayotni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkinligini ko'rsata oldim.
Hattoki eng qiyin davr ham bir kun kelib o'tib ketadi va o'rnini yaxshi kunlar egallaydi. Klubda ham shunday kunlar keladi. Vaqt ko'p narsalarni o'zgartiradi va barchasi normallashadi.
Bu erdan juda ko'p xotiralar, aqlbovar qilmas o'yinlar bilan ketyapman, Ikkita sovrin va bir qancha finallar. Bu erdagi hayotimda katta zavq oldim va shu sababli klubga, muxlislarga, jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ilk kunlardanoq bu erda o'zimni oilaning bir qismi sifatida his qildim va bu joy men uchun o'zgacha bo'lib qoladi", - dedi Eriksen.