Bu haqida Romano malum qildi. Hujumchining o'zi nemis grandi bilan 2030 yilga qadar bo'lgan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi “Bavariya“ transfer narxi bo'yicha “Shtutgart“ bilan kelishuvga erishsa bo'ldi. “Bavariya“ hujumchining transferi uchun 35 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Nik Voltemade o'tgan mavsum 33 ta uchrashuvda 17 ta gol urdi va 3 ta golga assist bo'lgan.