Unga ko'ra, Abduqodir Husanovning transferi ortidan o'zbek futboliga qiziqish ortgan va ayni paytda klublarimizdan birini "City Football Group" tarkibiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar o'tkazilmoqda.
Lekin Otabek Umarov bu aynan qaysi klub ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Malumot uchun, Mansur Al Nahayyonga tegishli "City Football Group" futbol xoldingi tarkibiga "Baiya" (Braziliya), "Lommel" (Belgiya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Jirona" (Ispaniya), "Yokogama F Marinos" (Yaponiya), "Trua" (Franciya), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Chichuan Czyunyu" (Xitoy) kabi klublar, shuningdek, hamkor-klublar "Bolivar" (Boliviya), "Palermo" (Italiya) kiradi.