O'zbekiston U-16 terma jamoasining Xitoy yig'iniga yo'l oladigan tarkibi malum

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 16:16
  • 27
  • 30

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Sergey Chigodaev boshqaruvidagi o'smirlar yig'inning ikkinchi qismida Xitoy mezbonlik qiladigan xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi. O'zbekiston musobaqada Koreya Respublikasi, Xitoy va Yaponiya terma jamoalari bilan ro'baro' keladi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomurotov ("Paxtakor"), Hasan Isiroilov ("Bunyodkor"), Platon Dolskiy ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Mashhur Abdusoliev ("Nasaf"), Adis Abdunabiev ("Oq-tepa"), Abubakir Rahimov ("Odil Ahmedov FA"), Muhammadaziz Ro'ziboev ("Bunyodkor"), Mirjamol Anvarov ("Odil Ahmedov FA"), Nurmuhammad Fazliddinov ("Odil Ahmedov FA"), Jahongirmirzo O'ktamboev ("Bunyodkor"), Abror Husanov ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Sog'inch Marupov ("Namangan FA"), Amirxon Erkinov ("Odil Ahmedov FA"), Muhammadjon Mamatov ("Paxtakor"), Ozodbek Abdurahmonov ("Bunyodkor"), Shohruh Rahmonaliev ("Farg'ona FA"), Odilxon Orifxonov ("Odil Ahmedov FA").

Hujumchilar: Bilol Qurbonov ("Paxtakor"), Suhrob Sadirjonov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov ("Andijon FA"), Laziz Abduraimov ("Zamin"), Rustam Aliev ("Surxon").



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar