- Nima deb o'ylaysiz, zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni o'zgartirib yubordimi?
- Ilk navbatda, murabbiyni tabriklayman, u juda to'g'ri o'zgarishlar qildi. Biz so'nggi daqiqagacha natijaga o'ynashimiz kerak edi. Bu o'yin qiyin o'tishini bilardik, shu sababli ikkinchi bo'limda gol urish ishtiyoqida maydonga tushdik va bunga erishdik.
- "Paxtakor"ning so'nggi daqiqalarda urgan gollari reja asosida bo'ldimi yoki tasodifan urildimi?
- Tasodif emas. Bizda gollarga xohish juda katta edi, shu sababli ikkita gol ura oldik.
- "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasidagi farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda. "Paxtakor" chempionlik uchun kurashadimi?
- Biz oxirigacha kurashamiz. Chunki barcha jamoalar birinchi o'rinda bo'lishni istaydi. Barchaning kurashishga xohishi kuchli, biroq biz birinchi o'rinda bo'lishni istaymiz.