"Qoldirilgan o'yinimizda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlashimiz muhim edi. G'alaba qozona oldik. Yigitlar bugun juda yaxshi harakat qildi. O'yin avvalida raqib ham yaxshi qarshilik qildi. Gol urdik va barchasi joyiga tushib ketdi" - deya fikr bildirdi Farhod Nishonov bugungi bahs haqida.
- Ikki yakunlangan davra haqida fikr bildirib o'tsangiz?
- Pro-Ligada kam jamoa ekanligi yomon. Yaxshi tomoni esa, barcha jamoalarning maydoni yaxshilandi. Pro-Liga ancha qiziqarli o'tmoqda. Barcha jamoalar deyarli bir xil darajada, ammo "Lokomotiv" va "Aral" jamoalarining darajasi balandroqdek. "Fardu"ning esa o'z rejalari bor va bu jamoa ikkinchi davrada yana kuchayadi deb o'ylayman. "Jayxun" esa chiroyli futbol o'ynamoqda. "Olimpik" mag'lubiyatga uchrayotganiga qaramay, ammo o'yin sifati juda yaxshi. Jamoa kelajakda yutishni boshlaydi.
- Tanaffusda jamoangiz tarkibi kuchaytiriladimi?
- Kuchayishimiz shart. Ayrim poziciyalarni yaxshilamasak qiynalib qolamiz. "Lokomotiv" va "Aral" jamoalariga qarshi o'ynash oson emas. To'g'ri, bizning jamoamizga yoshlar jalb etilgan. O'z klubida o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarni jalb qilamiz.
- Kubok o'yinlarida ko'pgina sensaciyalar qayd etildi. Jamoangiz oldida "Paxtakor"ga qarshi o'yin turibdi. Ushbu o'yin haqida gapirib o'tsangiz?
- "Paxtakor" - brend jamoa. O'zbekistonning eng kuchli klubi. Yigitlar endi tiklanib olishi kerak. "Paxtakor"ga qarshi o'yinga hozirdan tayyorgarlik ko'ramiz.
- "MobiUz"ning etakchi futbolchilariga Superliganing kuchli jamoalaridan takliflar bor degan gap-so'zlar tarqaldi. Yosh futbolchilar Superliga klublariga qo'yib yuboriladimi?
- To'g'ri. Bir nechta futbolchilarimizga taklif bor. Qaysi klublardan ekanligidan xabarim bor. Bizda Superliaga chiqish vazifasi bor. Yigitlar ushbu vazifani bajarishlari kerak. Birinchi davradan so'ng futbolchilarni qo'yib yubormasligimiz sababi - futbolchilarning shartnomasi bor. Vazifani bajarmay turib, boshqa klubga o'tish biroz noto'g'ri bo'lishi mumkin. Rahbariyatimiz ushbu masalalarni hal etadi.