Londonning «Chelsi» jamoasi AQSHda o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Lissabonning «Benfika» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv Sharlott (Shimoliy Karolina) shahridagi «Bank of Amerika» stadionida bo‘lib o‘tdi va «Chelsi»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
64-daqiqada «Chelsi» jamoasi Ris Jeymsning jarima zarbasidan urilgan goli bilan hisobni ochdi. «Benfika» 90+5-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — Anxel Di Mariya penaltini aniq amalga oshirdi.
Qo‘shimcha vaqtda esa londonliklar to‘liq ustunlik qilib, uchta gol urdi. Bu gollarga Kristofer Nkunku, Pedru Netu va Kirman Dyusberi-Xoll mualliflik qildi.
Qayd etish joizki, «Benfika» 92-daqiqadan boshlab maydonda bir nafar kam futbolchi bilan harakat qildi — Janluka Prestianni qizil kartochka oldi.
87-daqiqada uchrashuv ob-havo sabab to‘xtatildi.
1/4 finalda Enso Mareska boshchiligidagi «Chelsi» Braziliyaning «Palmeyras» jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bungacha «Palmeyras» «Botafogo»ni 1:0 hisobida (qo‘shimcha vaqtda) mag‘lub etgan edi.
Guruh bosqichida «Benfika» S guruhida ishtirok etdi va 7 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. «Chelsi» esa D guruhida 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. 1/8 final
Benfika (Lissabon, Portugaliya) — Chelsi (London, Angliya) — 1:4 (Asosiy vaqt — 1:1, qo‘shimcha bo‘limlar — 0:3)
Gollar: 0:1 – Ris Jeyms (64')
1:1 – Anxel Di Mariya (90+5', penalti)
1:2 – Kristofer Nkunku (108')
1:3 – Pedru Netu (115')
1:4 – Kirman Dyusberi-Xoll (117')
Qizil kartochka: Janluka Prestianni («Benfika») — 92'