Luis Kachorri: "Bu "Bunyodkor" bilan o'z maydonimizdagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin"

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 00:40
  • 51
  • 30

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Luis Kachorri saytimizga intervyu berdi.

"Shuni aytishim kerakki, ajoyib o'yin bo'ldi, chunki 0:2 hisobida ortda qolaturib, 3:2 hisobida g'alaba qozonish har doim kuchli his-tuyg'ularni uyg'otadi. Men uchun bellashuv yanada ko'proq ahamiyatga ega, chunki ushbu uchrashuv "Bunyodkor" bilan o'z maydonimizdagi so'nggi o'yinim bo'lishi mumkin. "Andijon" bilan o'yindan keyin shartnomam tugaydi va yaxshi taassurotlar bilan ketishni xohlayman... 

Qolish-qolmasligim haqida hali bilmayman, lekin muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchuman, chunki ular meni butun yil davomida qo'llab-quvvatlab kelishdi. Shuning uchun, gol urganim yoki urmaganligimdan qati nazar, muxlislar doimo men bilan birga va men bundan baxtiyorman. Bu g'alabadan xursandman va muvaffaqiyatni muxlislarimizga bag'ishlayman.

Ha, men jamoam uchun muhim gol urdim. Bu gol hal qiluvchi lahza edi. Bu – futbol. Men har doim gol urish imkoniyatim borligiga ishonaman. Shuning uchun maydonga chiqdim, imkoniyatlar bo'lishiga ishonchim komil edi va gol urdim", dedi 27 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar