Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida "Manchester Siti" "Al-Hilol" bilan to‘qnash keladi. O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan ertaga tongda 06:00 da start oladi.
Xabarlarga ko‘ra, o‘yin vaqtida Orlandoda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Hakam bunday vaqtda o‘yinni noma’lum vaqtga to‘xtatib turishga majbur bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv Orlandodagi "Orlando Sitrus Boul" stadionida o‘tkaziladi.