- Bugungi o'yin haqida fikringiz...
- Bugun bizning yagona vazifamiz g'alaba qozonish edi, hammasi yaxshi ketayotgandi, 2:0 hisobida oldinga chiqqandik va ko'plab golli imkoniyatlar yaratdik. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik va o'yinning oxirida bir nechta gol o'tkazib yubordik...
- Bugun tabloga o'z nomingizni yozdirib qo'ydingiz. Superligadagi bundan avvalgi golingizni ham ikki yil avval safarda "Bunyodkor" darvozasiga urgan ekansiz. Qiziq tasodif.
- Ha, men Superligada hozirgacha uchta gol urganman va ularning barchasi "Bunyodkor" darvozasidan o'rin olgan. Bilmayman, bu tasodifmi yoki boshqa narsa.
- Mish-mishlarga qaraganda, ikkinchi davrada "Neftchi"ga qaytishingiz mumkin ekan. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
- Bu haqda hozir gapirishga erta, hech narsa deya olmayman. Turli xil gaplar tarqalyapti, lekin hozircha hech narsa aniq emas.