KO‘JCH. 6 ta gol urilgan o‘yinda «Bavariya» «Flamengo»ni mag‘lub etdi (videosharh)

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 05:33
  • 63
  • 30

Braziliyaning «Flamengo» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichi bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu uchrashuv AQSHning Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa klubi — «Bavariya» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida «Flamengo» yarim himoyachisi Erik Pulgar burchak to‘pidan so‘ng o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 10-daqiqada «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklar ustunligini ikki barobar oshirdi.

33-daqiqada braziliyalik Jerson hisobni qisqartirdi. 41-daqiqada «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goreska jarima maydonchasidan tashqaridagi zarbasi bilan jamoasining uchinchi golini urdi.

54-daqiqada «Flamengo» yarim himoyachisi Jorjinyo penaltini aniq amalga oshirib, darvozabon Manuel Noyerni dog‘da qoldirdi. 73-daqiqada esa Keyn dublini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, «Bavariya» chorak finalga yo‘l oldi va u yerda 1/8 finalda «Inter Mayami»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan «Pari Sen-Jermen»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval esa birinchi chorak final juftligi sifatida «Palmeyras» (Braziliya) va «Chelsi» (Angliya) jamoalari aniqlangan edi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati AQSHda 13 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 1/8 final
«Flamengo» (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) - 2:4 (0:2)
Gollar:
0:1 — Pulgar (avtogol), 6-daqiqa
0:2 — Keyn, 10-daqiqa
1:2 — Jerson, 33-daqiqa
1:3 — Goreska, 41-daqiqa
2:3 — Jorjinyo (penalti), 54-daqiqa
2:4 — Keyn, 73-daqiqa

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar