Afg‘oniston terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga tayyor.
Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi matbuot kotibi Mustafo Hoshimiy ma’lum qildi.
"Jamoamiz o‘ynashga tayyor, ammo buni federasiyalar rahbarlari muhokama qilishlari kerak. Agar Rossiya raqib izlayotgan bo‘lsa va Afg‘oniston terma jamoasi bilan o‘ynashga tayyor bo‘lsa, biz taklifni ko‘rib chiqamiz," - deya Hoshimiyning so‘zlarini keltiradi Sport24.