Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning bu bosqichidagi o‘yinlarning yarmi ortda qoldi, ya’ni keyingi bosqichga 4 ta chipta o‘z egalarini topib bo‘ldi. Bundan tashqari, ikkita juftlik allaqachon aniq bo‘lib ulgurgan. Ular quyidagicha ko‘rinishga ega:
"Palmeyras" - "Chelsi";
"PSJ" "Bavariya."
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/4 final o‘yinlari 4 va 5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ammo oldinda 1/8 finalning yana to‘rtta o‘yini bor - ular 30 iyun, 1 iyul va 2 iyulda bo‘lib o‘tadi.