Kotrina Kulbite: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogi"

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 10:32
  • 45
  • 30

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Shri-Lankaga qarshi kechgan bahsdan so'ng (10:0) o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Dastlabki g'alaba bilan tabriklayman. 10-0 hisobida g'alaba qozondik. Dastlabki uchrashuvdan bunday yirik hisobdagi g'alaba kutgan edingizmi?

- Barcha maqtovlar jamoaga bo'lishi kerak. Biz bu o'yinga tayyor edik. Kecha ham bu haqda gapirib o'tgan edim. Biz raqiblarni o'rganib chiqdik va ulardan nimalar kutishni bilamiz. Yirik hisobdagi g'alabaga qaramay, hali ham yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Ertadan yana tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Maqsadimiz - Osiyo Kubogi.

- Guruhdagi jamoalarning darajasi yuqori emas. Bugungi hisob ham bunga isbot bo'la oladi. Nima deb o'ylaysiz, bunday uchrashuvlarda terma jamoamiz o'yin sifatiga ko'proq etibor qaratishi kerakmi yoki urilgan gollar soniga?

- Ikkalasi ham. Biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak. Tanaffusda qizlar bilan gaplashdim va biz hisob 5:0 bo'lishiga qaramay, o'yinimizni yanada yaxshilashimiz kerakligiga kelishib oldik. Sifat va natija ham muhim. Bugungi g'alaba - kelajak uchun qo'yilgan bir qadam.

- Bosh hakamning qarorlariga qanday baho berasiz?

- Ayrim vaziyatlarda hakamning qaroriga qo'shilmadim. Lekin umumiy olganda barchasi yaxshi o'tdi.

- Hozir O'zbekistonda eng issiq ob-havo. Bunday sharoitlarda futbol o'ynash qanchalik qiyin bo'lmoqda?

- Men uchun juda qiyin(kuladi). Umumiy olsak, bugun unchalik issiq bo'lmadi. Biz quyosh botgandan so'ng o'ynayapmiz. Bu ham qo'shimcha qulaylik tug'diradi. Albatta, bu +20 emas, +35, lekin baribir biz futbol o'ynamoqdamiz.


Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Shri-Lankani 10:0 hisobida tor-mort etdi. Nilufar Qudratovadan "poker"

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar