- "Alaniya"da, asosiy tarkibda o'ynaganman. Belgiyaga borish taklifi keldi. Kichkina shaharchadan "Lokeren" klubiga ko'rikka bordim. Uchta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdim, har bir o'yinda gol urdim. Yakunda "Lokeren" murabbiyi meni jamoaga olmaslikka qaror qildi. Lekin shunday rad etdiki, keyin men juda xursand bo'ldim! U: "Sen haddan tashqari texnik kuchlisan", dedi. Vaholanki, men hech qachon texnik bo'lmaganman. Nega rad etishganini bilmayman. Balki o'zining qaysidir futbolchisi shu poziciyada bo'lgandir.
Undan oldin Avstriyaga, "Forverts" klubiga borgandim. U erda ham ikkita o'yin o'tkazib, ikkita gol urdim. Menga qanday shartlar taklif qilishayotganini ko'rdim, keyin do'konlarni aylandim va bunday narxlar bilan maoshdan hech narsa qolmasligini tushundim.
Podkastning to'liq shaklini havola orqali topishingiz mumkin (rus tilida):