"O'yin qiyin kechishini bilgan edik. "So'g'diyona" ham shakllangan, kuchli tarkibga ega jamoa. Allohga shukur buni uddaladik",- deydi Nosir Abdusalomov.
- Nosirbek Abdusalomov o'zi kim? Uni kim kashf qildi?
- Albatta murabbiylar ishonchi yordam bermoqda. Bu meni har bir o'yinda oldinga yurishimga turtki bo'lmoqda. To'g'ri ko'rsatmalar berishyapti.
- Keyingi o'yin "Andijon"ga qarshi bo'ladi. Bu jamoa muxlislari bilan mashhur. Bu jamoaga qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- "Dinamo" bilan o'yinda ham buni ko'rdik. Muxlislar qarshisida to'p tepish yoqimli. Bu bizga kuch beradi. Ortga g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz.
- Golingizni kimga bag'ishladingiz?
- Futbolga kirib kelishimda bobomning hissalari katta. Ular o'yinni stadiondan kuzatdilar. Golimni bobomga bag'ishladim.