Zoran Marushich "Dinamo" bilan o'yinda maydonga tushadimi?

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 12:40
  • 48
  • 30

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi tarkibida oxirgi uchrashuvlarda bir qator yo'qotishlar yuz bermoqda.

Jamoaning serbiyalik futbolchisi Zoran Marushich oxirgi 2 ta uchrashuvda maydonga tushgani yo'q. Futbolchi buning sababini quyidagicha izohladi.


"O'ynamayotganimga kelsak, jarohat orttirib oldim. Nasib qilsa, "Dinamo" bilan o'yinga tayyor bo'lishga harakat qilmoqdaman. Samarqandda o'ynashim mumkin. Ichki muhit yaxshi. Ortiqcha savollar bo'lishi mumkin emas. Bizning oldimizga qo'ygan maqsadimiz bor. Buni uddasidan chiqishimiz talab etiladi",- deydi Marushich. 

Forvard joriy mavsum Superligada 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. "Neftchi" chempionatning 7-tur qoldirilgan uchrashuvini 2 iyul kuni "Dinamo"ga qarshi safarda o'tkazadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar