Murabbiylar shtabi "yangi Xoselu" – asosiy tarkibdan joy talab qilmaydigan samarali zaxira hujumchisini olib kelishni ko'rib chiqayotgandi. "Diario AS" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati 21 yoshli Gonsalo Garsiya bu vazifani alo darajada bajara olishiga ishonadi, shu bois transferni yoqlamaydi.
Garsiya Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Xabi Alonso qo'l ostidagi jamoa tarkibida 3 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi o'tgan mavsum asosan "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya"da o'ynadi va u erda fenomenal natijalar ko'rsatdi.