Ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichi: O‘zbekiston shri Lankani mag‘lub etdi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 18:05
  • 42
  • 30

Bugun “Bunyodkor” stadionida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichining “F” guruhi o‘yinlariga start berildi. Unda O‘zbekiston, Nepal, Laos va Shri-Lanka ayollar terma jamoalari guruh g’olibligi va qit’a musobaqasi yo’llanmasi uchun bahs olib borishadi.

Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk turda Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 10:0 hisobida g’alaba qozondi.

Jamoamizning goliga, Nilufar Qudratova (2’, 3’, 52’, 73’), Lyudmila Karachik (18’, 19’), Diyoraxon Habibullayeva (31’, 87’, 88’) hamda Maftuna Shoyimova (68’) mualliflik qildi.

Guruhdagi navbatdagi uchrashuvda Nepal jamoasi Laos ustidan 9:0 hisobida ustun keldi.

Jamoamiz 2-tur uchrashuvini Laos ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs 2-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da “Bunyodkor” stadionida start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar