"Yuventus" tezroq Vlaxovichdan qutilmoqchi, Dushan esa yillik maoshi 20 mln. evro bo'lgan taklifni rad etdi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 22:56
  • 42
  • 30

Dushan Vlaxovich Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni xohlamadi.

TuttoMercatoWeb Il Giornale'ga tayanib xabar berishicha, "Al Ahli" hujumchiga yiliga 20 million evro va 2028 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilgan. Serbiyalik futbolchi taklifni rad etdi.


Takidlanishicha, Turin klubi rahbariyati Vlaxovich bilan xayrlashishni xohlayapti. Dushan 2026 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti, lekin ketishni ham xohlamaydi, bu esa klubning transfer bozoridagi ishiga to'siq bo'lmoqda.


"Yuventus" "Lill"ni erkin agent sifatida tark etayotgan Jonatan Devidni imzolashni maqsad qilgan. Klub kerakli resurslarga ega bo'lish uchun Duglas Luis va Nikolas Gonsales bilan xayrlashishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar