Lopetegining so'roviga binoan Al Xaydos Qatar terma jamoasiga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 18:24
  • 42
  • 30

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining talab va istaklaridan kelib chiqib tarkib tajribali futbolchilar bilan to'ldirilmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis Hasan Al Xaydos terma jamoaning JCH-2026 4-saralash bosqichi bellashuvlari uchun ro'yxatdan joy egallaydi.

 U etakchilik fazilatlarini ko'rsatib, jamoani texnik va ruhiy jihatdan qo'llab-quvvaytaydi deb hisoblanmoqda. Bundan tashqari, bu muxlislarni ham xursand qiladi.

34 yoshli Al Xaydos Osiyo Kubogi-2023 dagi g'oliblikdan so'ng – o'tgan yili mart oyida terma jamoadan ketganini elon qilgan edi.

To'rtinchi bosqichga qura 17 iyul kuni Osaka shahrida tashlanadi. Unda Indoneziya, Iroq, O'mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA kurash olib boradi.

Avvalroq pley-off bosqichi mezbonlari Qatar va Saudiya Arabistoni bo'lishi elon qilingan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar