"Real" Klublar o'rtasidagi JCHdan keyin yana bir himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 18:48
  • 57
  • 30

Madridning "Real" klubi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng yangi himoyachi bilan bitim tuzishi kutilmoqda.

"Benfika" chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras "qaymoqranglilar"ga o'tadi, deya xabar berdi jurnalist Xose Manuel Moreno. 

Ispaniyalik futbolchining transferi iyul oyida, jamoa FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida o'ynashni tugatganidan so'ng amalga oshadi. 22 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralar bahordan beri davom etmoqda, ammo yakuniy kelishuvga endigina erishilgan ko'rinadi.

Transfermarkt Alvaro Karrerasning transfer qiymatini 35 mln evroga baholamoqda. Futbolchining "Benfika" bilan shartnomasida tovon puli 50 mln evro deb ko'rsatilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar