RPL-2025/26da faqat sardorlarga hakamlar bilan muloqot qilishga ruxsat berilishi mumkin. Boshqalar jazolanadi

  • Mr.NoBoDy 01.07.2025 00:32
  • 30
  • 30

Rossiya chempionati va kubogida "sardorlar qoidasi" paydo bo'lishi mumkin.

"Sport-Ekspress" malumotlariga ko'ra, 2025/26 mavsumdan boshlab ligada faqat jamoa sardorlari hakamlar bilan muloqot qilishi mumkin bo'lgan qoida joriy qilinishi mumkin. Tushuntirish talab qilgan boshqa futbolchilar jazolanadi.

"Agar sardor vazifasini darvozabon bajarib kelsa, o'yin boshlanishidan avval hakamga o'yin davomida referi bilan muloqot qiladigan o'yinchi kim bo'lishi xabar qilinadi. Keyinchalik yo darvozabonning o'zi (yani sardor) yoki uni almashtiruvchi maydon o'yinchisi hakamga biron masala bo'yicha tushuntirish olish uchun yaqinlashishi mumkin. Ikkalasining birdaniga yaqinlashishi taqiqlanadi", – deyiladi xabarda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar