Superliga
7-turning qoldirilgan o'yini
"Dinamo" – "Neftchi" 0:2 (LIVE)
02 iyul. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00
Gol: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Abror Ismoilov) 24', Abror Ismoilov (Jamshid Iskanderov) 78'
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Amal Sultonov
Komissar: Qudrat Madraimov
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov (11.Xislat Xalilov, 72), 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (12.Abdulahadjon Hoshimov, 72), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov (88.Marko Stanoevich, 82).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Akbar Abdirasulov, 14.Bahodir Nasimov, 19.Oybek Xamraqulov, 23.Behruz Oblaqulov.
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 56), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (32.Zoran Marushich, 72), 23.Yovan Jokich.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 17.Muhammadali G'iyosov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov.
Ogohlantirish: Yovan Jokich (59).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
84. Marushich birga-bir holatda Yagudinni aldadi, ammo posbon uni yiqitdi. Penalti!
82. "Dinamo"da o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Stanoevich uchrashuvni davom ettiradi.
78. GOL! Abror Ismoilovning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasidan keyin to'p to'rdan joy oldi. Mahoratli yarim himoyachi Yagudinning ojiz nuqtasini topdi – 0:2!
72. "Neftchi"da almashtirish: Tabatadze o'rniga Marushich maydonga tushdi.
72. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Mirahmadov o'rniga Xalilov, Fraydey o'rniga Hoshimov tushirildi.
69. Uuuux! Ratinoning pasidan so'ng Mirahmadov bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.
66. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Oybek O'rmonjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima zarbasi belgilandi.
63. Uuuux! Fraydeyning zarbasidan keyin Hojimirzaevning texnik xatosi tufayli hujum poyoniga etdi. Hujumchi to'pni to'xtatmasdan zarba berganida, o'ta xavfli vaziyat yuzaga kelardi.
59. Jokich Hojimirzaevga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.
56. "Neftchi"da almashtirish: Ro'ziev o'rniga Gulyamov o'yinga qo'shildi.
54. Zarbaa! O'rmonjonovning pasidan keyin Hojimirzaev to'xtatmasdin zarba yo'lladi, to'p to'sin tepasidan o'tib ketdi. Sal qolishiga sal qoldi.
49. Zarbaaa! Aloxo'jaevning havodan oshirgan to'pini Mirahmadov bosh bilan darvoza tomon yo'llashga harakat qildi, noaniq.
47. Uuuux! Fraydeyning qanotdan oshirib bergan pasini Mirahmadov darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, to'p Ergashev orqali maydonni tark etgani uchun korner belgilandi.
46. Abror Ismoilov qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishlab oldi. Iskanderovning yuqoridan oshirib bergan to'pini Yagudin urib yubordi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. "Dinamo"da o'zgarish: Qodirqulov o'rniga O'rmonjonov bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. Uuuux! Ikrom Aliboev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, sheriklariga ochilishini kutdi, ammo kutilmagand o'zi zarba yo'llashni tanladi. Kuchli zarbadan so'ng to'p to'singa tegib maydondan chiqib ketdi.
41. Jumaboev to'pni egallashga urinib, Tabatadzega nisbatan fol ishlatdi.
38. O'yin tempi afishaga yarasha emas. Umid qilamizki, tomoshabinlar ikkinchi bo'limda hujumkor va yorqin o'yin guvohiga aylanishadi.
34. Kucherenko to'pni uzoqlashtirishga harakat qilib zarb bilan tepdi, ammo to'p maydon markaziga – Jokichga etib keldi. U to'pni to'xtatishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uni "aut"ga kuzatib qo'ydi.
30. Botirali Ergashev darvozani tark etib, hakamga etirozini bildirmoqda. Norsafarov esa darvozabondan to'pni tezroq o'yinga kiritishni talab qilmoqda.
28. Abror Ismoilov Maqsudxo'ja Aloxo'jaevni yiqitishga majbur bo'ldi, standart.
24. GOL! Abror Ismoilovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Ibrohimhalil Yo'ldoshev bosh bilan darvozaga kiritdi – 0:1!
21. "Neftchi" qator hujumlarni tashkil qilmoqda, biroq "Dinamo" himoyasi hozircha mustahkam.
18. Fraydeyning qanotdan amalga oshirgan yaxshi uzatmasidan keyin to'pni Botirali Ergashev egallab oldi.
15. Zarbaaa! Jamshid Iskanderovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
13. Quvondiq Ro'ziev sherigi Yo'ldoshevni ortda qoldirib ketgan Abdullaevni yiqitdi.
8. Zarba! Ulug'bek Abdullaevning himoyachilar qurshovi ostida bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
6. Yovan Jokich Sanjar Qodirqulov bilan to'qnashishi oqibatida maydonda yotibdi. Hakam bahsli to'pni "Dinamo"ga topshirmoqda.
1. Uchrashuvga start berildi!
- O'yin 20:00 da boshlanadi.