Londonning "Chelsi" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/4 finali doirasida Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan ustun keldi (2:1).
16-daqiqada "ko‘klar" Koul Palmerning aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi, 53-daqiqada esa hisob tenglashdi - 18 yoshli Estevao Villian himoyachi va darvozabon Robert Sanchesni dog‘da qoldirdi. 84-daqiqada kiritilgan avtogol londonliklarga g‘alaba keltirdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb yaqinda "Palmeyras"dan "Chelsi"ga o‘tadigan Estevao topildi. Vunderkind klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, ingliz grandi safiga qo‘shiladi. Shu tariqa, bo‘lajak jamoa darvozasiga kiritilgan gol o‘sib kelayotgan yulduz uchun Yevropaga ketish oldidan so‘nggisi bo‘ldi.