Sergey Chigodaev: "Turnirda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 10:16
  • 27
  • 30

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev Xitoydagi xalqaro o'rtoqlik turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Turnir haqida:

— Bu turnirda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz, u barcha jamoalar uchun katta tajriba beradi, ayniqsa, o'smirlarimiz uchun xalqaro o'yinlar o'tkazish foydali bo'ladi. Ushbu turnir tashkilotchiligi uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Ishtirokchi jamoalarga omad tilayman. 

— Raqiblar va mezbon Xitoyga qarshi o'yin haqida:

— Turnirda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda. Xitoy ham yaxshi shakllangan jamoa. Ularning U-17 Osiyo kubogidagi o'yinlarini ko'rdik, tahlil qildik. Yaxshi futbolchilari, futbol uslubi va taktikasiga ega. Biz barcha o'yinlarda munosib ishtirok etib, kerakli natijani qayd etmoqchimiz. Jamoalarga omad.    



Eslatib o'tamiz, o'smirlarimiz musobaqadagi ishtirokini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs bilan boshlashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar