Bu gal CAFA Nations Cup qatnashchilari soni yana 2 taga ko'payadi — musobaqada mehmon sifatida Malayziya va O'mon terma jamoalari ishtirok etadi. Sal oldin musobaqaga qura tashlash marosimi yakuniga etdi. Unga ko'ra, O'zbekiston "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi, Turkmaniston va O'mon bilan bahs yuritadigan bo'ldi.
CAFA Nations Cup
"A" guruhi
O'zbekiston (mezbon)
Qirg'iz Respublikasi
Turkmaniston
O'mon
"B" guruhi
Tojikiston (mezbon)
Eron
Afg'oniston
Malayziya
Malumot uchun, "A" guruhi o'yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida, "B" guruhi va 3-o'rin uchun bahs Dushanbe shahrida o'tkziladi.