Lyudmila Karachik: "Keyingi uchrashuvda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 15:00
  • 39
  • 30

O'zbekiston ayollar terma jamoasi etakchisi Lyudmila Karachik Laosga qarshi bahsdan so'ng (0:7) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu o'yinni ham o'tkazib oldik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Endi bizni beshinchi iyul kuni hal qiluvchi uchrashuv kutib turibdi" - deya fikr bildirdi Lyudmila Karachik.

- Nepal terma jamoasi haqida fikrdasiz? Nepal bizga qanchalik jiddiy raqib bo'lishi mumkin...

- Har bir o'yin qiyin kechmoqda. Nepal ham Osiyo Kubogiga chiqishni xohlamoqda. Biz keyingi uchrashuvda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga tushamiz.

- "Bunyodkor" stadionining maysasi issiq havoga dosh bera olmagandek. Maydon holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Maydon juda nam. Shu sababli butsalarimiz loy bo'lib ketdi. Shu jihatdan o'ynash biroz qiyin bo'ldi.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar