"Fluminense" sardori Tiago Silvaning nutqi tarmoqlarni "portlatmoqda"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 20:08
  • 54
  • 30

"Fluminense" himoyachisi "Inter" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) oldin jamoadoshlari oldida nutq so'zladi.

"2014 yilda men Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Bir kuni uyga bordim. O'gay otam kasal edi.... Bugungi Tiago Silvani Tiago Silva qilgan odam. Bu jiddiy ekanligini bilmagandim.

Men terma jamoaga qaytdim. Hammasi tugadi. U kasalxonaga yotqizilgan. Men Parijga mavsumoldi yig'inga jo'nab ketishim kerak edi... Chempionatdagi dastlabki o'yinlardan biridan so'ng xotinim qo'ng'iroq qildi: "Otang vafot etdi".

Sizlar men nimani nazarda tutayotganimni tushunyapsizlarmi? Men kasalxonasiga bormadim, chunki u yaxshi bo'lib ketadi deb o'ylagandim. U tuzalib ketadi deb, Parijga qaytdim... Men aytmoqchiman: agar hozir ishingiz bo'lsa, buni hozir qiling, keyinga qoldirmang. Aynan hozir bajaring. Kutmang. Vaqtingiz bo'lmasligi mumkin", – dedi Silva.

Malumot o'rnida, "Fluminense" 4 iyul kuni tunda "Al Hilol" bilan ro'baro' keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar