"Zenit"ga o'tgan futbolchi "Al Nassr"da 30 mln evro maosh olishi mumkin edi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 20:48
  • 54
  • 30

"Zenit" "Flamengo"ga Jerson Santosning 25 million evrolik tovon pulini to'lab berdi.

Shu orqali "Al Nassr"ga o'tishi kerak bo'lgan braziliyalik futbolchi Rossiya sari yo'l oladigan bo'ldi. "Globo" malumotiga ko'ra, Jerson "Al Nassr"ga o'tmaganidan afsusda. Chunki u Rossiyadagi 4 mavsumida ham Saudiyadagi ikki yillik pulni ishlab topa olmaydi.

"Al Nassr" futbolchi uchun yiliga 30 million evro maosh to'lashga tayyor bo'lgan.

Jerson yakunlangan mavsumda 17 o'yinda 1 gol va 3 assist qayd etdi. Uning "Zenit"ga o'tgani 9 iyul kuni rasman elon qilinishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar