Makkarti 2022-2024 yillarda Erik ten Xag murabbiylar shtabida ishlagan.
"Jeydon mashg'ulotlarda eng zo'rlaridan biri edi. U jamoaga aqlbovar qilmas sifat, qobiliyat va mahorat bilan kelgandi. U bizni hayratda qoldirishi va istalgan joyda to'xtab, o'ziga savol bera olishi kerak edi.
Menimcha, yopiq odamligi sababli u o'ziga o'zi yordam bera olmadi. U o'zi boshqalar bilan do'st bo'lishni istamadi, u mashg'ulotlarda hazillashmasdi, doimo jim bo'lib yurardi.
Uning mahoratidan kelib chiqib, mashg'ulotlarda muammolar bo'lgan deya olmayman. U o'zi tabiatan odamovi bo'lgan, mashg'ulotlar tugashi bilan hech kimga gapirmasdan uyiga ketardi. U juda yopiq odam.
Erik ten Xag esa uni doimo eng yaxshi jismoniy holatda bo'lishini istardi. Dushanbadan jumaga qadar, har kuni... Menimcha istalgan murabbiy shunday bo'lishini istaydi va futbolchilariga doimo imkoniyat beradi. Qachonki barchasi chegaradan o'tib ketsagina o'rtada muammolar bo'lishi kerak.
Murabbiy sifatida Jeydon haqida yomon gaplar gapira olmayman. Uning mashg'ulotlardagi harakatlari menga yoqardi, unga qarshi o'ynaganlarga esa doimo qiyin bo'lgan", - dedi Makkarti.