Milanliklar 31 yoshli futbolchini 40 million evroga sotishga rozi. Unga “Manchester Yunayted“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xakan Chalxanogluga MYUdan tashqari “Galatasaroy“ ham qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining o'zi esa hali TOP-5 chempionatda o'ynash niyatida ekanligini malum qilgan.
Xakan Chalxanogluning Milan jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 11 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.