Bu haqda Italiya futbol federaciyasi rasman xabar berdi. Jamoa C Seriyada ishtirok etish uchun beriladigan licenziyani qo'lga kirita olmagan. Bunga jamoa rahbari Massio Chellino xodimlar oldidagi maosh bo'yicha qarzni to'lashdan bosh tortgani sabab bo'lgan. Prezident 3 million evro miqdoridagi qarzdorlikni yopishni istamagan.
Shu tariqa, 1911 yilda asos solingan jamoa bankrot deb elon qilindi va havaskorlar ligasiga tushirib yuborildi.