22 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2035 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etilishicha, ispaniyalikning tovon puli 50 foizdan ko'proqqa oshgan. OAV xabariga ko'ra, avvalgi to'lov 62 million evro edi.
Avvalroq futbolchiga "Barselona" qiziqayotgan edi, biroq Kataloniya klubidagi moliyaviy holat transferni amalga oshirishga to'sqinlik qildi.
Uilyams yakunlangan mavsum 45 uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.