Diogu Jotaning hayotiy haqiqatlari

  • Mr.NoBoDy 04.07.2025 18:40
  • 39
  • 30

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota Ispaniya g'arbida avtohalokatga uchrashi oqibatida halok bo'ldi.

Portugaliyalik futbolchining hayoti davomidagi eng etiborli fikrlarini bir joyga jamladik.

Yodimda, taxminan olti yoshlarda edim, otam meni suzish to'garagiga yozdirgandi. Men undan yig'lab, o'sha vaqtda bo'ladigan futbol mashg'ulotlariga o'tishim mumkinmi, deb so'rardim.

Krishtianu Ronaldu mening qahramonim va kumirim edi – uning "Manchester Yunayted"da eng yuqori darajada o'ynaganini, "Oltin to'p" va boshqa mukofotlarni qo'lga kiritganini ko'rganman. Portugaliyalik bo'lganim sababli, doimo uni o'rnak qilib olishga intilganman.

Futbol har doim sevimli ishim bo'lib kelgan.

Ilk xotiralarim 2004 yilgi Evropa chempionatiga borib taqaladi. O'shanda Portugaliya finalga chiqqan va afsuski, biz yutqazgan edik. Men etti yoshda edim va bu hodisani aniq-tiniq eslayman.

16 yoshimda ham futbol o'ynash uchun pul to'lashga to'g'ri kelardi. Pulni men emas, ota-onam to'laganligini hisobga olsak, men uchun eng og'ir narsa ularning klubga pul to'lash uchun qilgan harakatlarini kuzatish edi. O'ylaymanki, bu jarayon menga hech qachon qaytara olmaydigan qarz yukladi. Albatta, buni qaytarishga harakat qilaman.

Men kabi juda past divizionlarda o'ynayotgan paytlarda ham taslim bo'lmaslik kerak. Bu faqat menga tegishli emas, bunday misollarni ko'plab topish mumkin. Har doim cho'qqiga chiqish imkoniyati bor. Hech qachon taslim bo'lmaslik – eng muhim g'oya.

Boshdan kechirgan har bir tajribangiz, har qanday qiyinchilik sizni kuchliroq qiladi, menda ham xuddi shunday bo'lgan. Albatta, hozir hammasi yaxshi bo'lishi mumkin, lekin ilgari bunday emas edi. O'z oldingizga qo'ygan maqsadlarga erishish uchun doimo harakat qilishingiz, intilishingiz kerak.

Hayotning siri shundan iboratki, hech qachon taslim bo'lmasligingiz kerak.

Hayotda turli qiyinchiliklarni engishimiz kerak.

Bazan oldinga ikki qadam qo'yish uchun orqaga bir qadam tashlashga to'g'ri keladi.

Yangi klubga o'tganingizda, iloji boricha tezroq moslashish uchun ochiq fikrli bo'lish juda muhimdir.

Imkoniyat paydo bo'lgan lahzadan boshlab, uni hech qachon qo'ldan boy bermadim. O'ylaymanki, yoshligimizda doimo ishonch bilan yashaymiz. Lekin Liverpulga etib borishimga ehtimol ishonmagan bo'lsam kerak. 

Yaxshi formada paytim maydonda ter to'kish imkoniyatini qo'lga kiritish uchun har bir mashg'ulotda eng yaxshi holatimni ko'rsatishga harakat qilaman.

Tog'ning cho'qqisiga chiqish emas, balki u erda qolish eng qiyin ish hisoblanadi. Ushbu maqol men uchun juda chuqur manoga ega. Bu davr eng qiyinidir, chunki cho'qqiga birinchi bor etib borishni istaydigan odamlar doimo topiladi. Siz ularga o'zingizdan ko'ra ko'proq iroda va g'ayratga ega bo'lishlariga yo'l qo'ymasligingiz kerak.

Maqsadimiz – har qanday sovrin uchun kurashish. O'z maqsadim esa – o'tgan yilga nisbatan ko'proq gol urishga intilish. Yanada yaxshiroq bo'lish. Ilgari erishmagan yutuqlarimga erishish. O'z cho'qqimga etish. Men hali ham ancha takomillashishim mumkinligini bilaman. Aynan shu narsa meni har kuni ko'proq mehnat qilishga undaydi.

Jarohatlanganingizni va malum vaqtgacha maydondan tashqarida qolishingizni bilgan oningiz nokautga o'xshaydi, lekin yana oyoqqa tura olishingiz kerak. Umid qilamanki, odamlar hali mening eng yaxshi tomonlarimni ko'rishmagan. Men o'zimning nimalarga qodir ekanligimni bilaman.

Futbol haqida uzoq muddatli rejalar qilishimiz qiyin, chunki har qanday hodisa sodir bo'lishi mumkin. Ko'p o'yinchilar muddatidan oldin gapirganlarida muammolarga duch kelishgan, shuning uchun men bunday xatoga yo'l qo'yishni istamayman.

Qayerdan kelganimiz emas, balki qayerga ketayotganimiz muhimroq.

Bu kun – biz hech qachon unutmaydigan kun.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar