"Inter" futbolchisiga markaziy hujumchi qidirayotgan "Arsenal" va "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Qayd etilishicha, franciyalik futbolchiga 2023 yilda o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan PSJ ham qiziqish bildirishi mumkin.
Markusning milanliklar bilan shartnomasida 85 million evrolik tovon puli bandi bor.
Shuningdek, "Inter" Tyuram ketadigan bo'lsa, Moyze Kin variantini ko'rib chiqayotgani aytilmoqda. "Fiorentina" hujumchisining 52 mln evrolik tovon puli 15 iyulga qadar amal qiladi.
Taxminlarga ko'ra, tovon puli muddati tugagach, "Fiorentina"ni o'tgan mavsumda 25ta gol urgan hujumchini sotishga ko'ndirish qiyinroq bo'ladi. Shu bilan birga, MYU va "Arsenal" ham allaqachon Kin bilan aloqaga kirishgan.
Tyuram o'tgan mavsum A Seriyada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 4 ta golga hammualliflik qilgan.