"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida safarda "Monreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mehmonlar safida Lionel Messi dubl qayd etgan bo‘lsa, Tadeo Alende va Telasko Segoviya bittadan gol urdi. Mezbonlar safida Prins Ovusu o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Inter Mayami" 32 ochko bilan Sharqiy konferensiyada oltinchi, "Monreal" 14 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.