"Paxtakor" – "Navbahor" 2:0
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov
Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR hakami: Aleksandr Sidorov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: 1:0 – 21, Flamarion (Mahmud Mahamadjonov), 2:0 – 65, Igor Sergeev
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 11.Igor Sergeev (94.Brayan Riaskos, 68), 21.Bashar Resan (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 87), 23.Abdurauf Bo'riev (9.Ibrohim Ibragimov, 68), 27.Sardor Sobirxo'jaev (8.Diyor Xolmatov, 87), 44.Mahmud Mahamadjonov, 50.Flamarion (17.Dostonbek Hamdamov, 76), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 3.Shahzod Azmiddinov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Umar Adhamzoda
"Navbahor": 1.Umidjon Ergashev, 7.Azimjon Ahmedov (8.Shohmalik Komilov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 82), 12.Saidazamat Mirsaidov (19.Mirzohid G'ofurov, 46), 13.Benjamen Teidi, 17.Ruslanbek Jiyanov (55.Komiljon Tojidinov, 82), 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 37.Alisher Odilov (71.Navro'zbek Iminjonov, 73), 70.Abbos G'ulomov, 99.Igor Gabriel
Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 15.Javohir Abdujabborov, 24.Dostonbek Abdulhaev, 32.Muhammadbobir Mo'ydinov
Ogohlantirishlar: Gilerme Gedesh (14), Abbos G'ulomov (40), Shohmalik Komilov (78), Bashar Resan (83)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+2. Bu safar Hamdamov yakkama-yakka vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. Riaskos "Navbahor" darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.
87. "Paxtakor"yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.
82. "Navbahor"da ikki o'zgarish sodir bo'ldi.
78. Komilov Ibragimovga qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi.
76. "Paxtakor"da futbolchi almashdi.
73. "Navbahor"da o'zgarish bo'ldi.
70. Flamarion hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, uning zarbasi yo'liga Igor Gabriel to'g'anoq bo'ldi.
68. "Paxtakor" ikki o'zgarishga qul urdi.
65. GOL! Sergeev! "Navbahor" darvozabonining qo'pol xatosidan so'ng undan to'pni olib qo'ygan "Paxtakor" hujumchisi osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi!
63. "Navbahor"ning standart vaziyati Nazarovning qo'llariga to'p kelishi bilan yakunlandi.
60. Gedeshning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
59. "Navbahor" bir daqiqa ichida ketma-ket ikki marotaba raqib darvozasining to'sinini nishonga oldi. Dastlab O'rinboev, so'ngra G'ofurovga omad kulib boqmadi.
55. Komilovning qo'pol xatosidan so'ng Sergeev o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, uning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
53. "Navbahor"ning burchak uzatmasini Sergeev bartaraf etdi.
50. Komilovning 20-25 metrlar masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+4. Bashar Resan raqib jarima maydonida bir himoyachini ajoyib tarzda aldab o'tib, chap oyoqda uzoq pastki burchakni nishonga oldi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45. "Paxtakor"ning standart vaziyati ketma-ket ikki zarba bilan yakunlandi. Birini himoyachi qaytardi, ikkinchisini darvozabon egallab oldi.
44. Yana Flamarionga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.
40. G'ulomov hujumda fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.
❌ Gol inobatga olinmadi. VAR monitori orqali vaziyatni ko'rgan hakam Odilov to'pga qo'l bilan o'ynagan deb topdi.
34. O'rinboevning ajoyib pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi!
30. Mahamdjonovning uzatmasini Flamarion bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, Ergashev to'pni egallab oldi.
21. GOL! Flamarion hisobni ochdi! Chap qanotdan markaz tomon harakatlangan braziliyalik futbolchi raqib darvozasining pastki burchagini aniq nishonga oldi.
20. Karpovichning pasidan so'ng Odilov raqib jarima maydoniga kirib borib, chap oyoqda zarba yo'lladi. "Paxtakor" darvozaboni to'pni egallab oldi.
18. Odilovga nisbatan fol ishlatildi.
16. Resanning uzatmasidan so'ng jarima maydonidagi Flamarion bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.
14. Gedesh maydon markazida Flamarionga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
6. Sergeevning pasidan so'ng raqib jarima maydonida Resan to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi.
2. Maydon markaziga yaqin nuqtada Flamarion yiqitildi.
1. O'yinni mehmonlar boshladi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Navbahor" oq rangli liboslarda harakat qiladi.