— Bugungi uchrashuvda ikkita etakchi jamoa bir-biriga qarshi maydonda to'qnash keldi. Bugungi o'yinda kurash bo'ldi, xavfli vaziyatlar etarli darajada tashkil qilindi. Bugungi o'yinda faqatgina VAR bo'lmagani bahsli vaziyatga aylandi. Chunki bunday markaziy uchrashuvlarda VAR bo'lishi kerak deb o'ylayman. Chunki bugun bir nechta vaziyatda VAR kerak bo'ldi. Shu bugungi o'yindagi eng katta kamchilik bo'ldi deb o'ylayman. Samarqand jamoasini ham o'yini alohida takidlab o'tish lozim. Bugun ular muxlislar qarshisida ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Birinchi bo'limning o'rtasida futbolchilarim sal etiborsizlik qildi va buning natijasida darvozamizdan ikkita gol olib chiqdik. Hisobda ortda qolayotganimiz uchun ikkinchi bo'limda uchrashuv tizginini o'zgartirishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda to'liq ustunlikka ega bo'ldik va g'alaba uchun harakat qildik. Afsuski, bugun durang bo'ldi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz orqali bugun g'alaba haqli o'yin ko'rsatdik desak bo'ladi. Umuman olganda safarda kuchli jamoaga qarshi durang o'yinga mos bo'ldi.
— Akmal Mozgovoy haqida ko'plab mish-mishlar tarqaldi. Uchrashuv so'nggida muxlislar futbolchiga to'n kiydirishdi. U jamoani tark etishi aniq bo'ldimi?
— Akmalga minnatdorchilik bildiramiz. U yutuqlarimizga munosib hissa qo'shdi. U yanada o'sishga qodir futbolchi. Uning shartnomasi yaxshi jamoalardan takliflar bo'lsa, qo'yib yuborish bo'yicha kelishuvlar bo'lgan. Unga yaxshi taklif bo'ldi va u jamoani tark etishga qaror qildi. O'ylaymanki, uning o'rnini bosadigan futbolchi topamiz.
— Ratinoni "Nasaf"ga kelishi haqidagi fikrlarga qanday fikr bildira olasiz?
— Biz bir nechta futbolchilar bilan muzokara olib bormoqdamiz. Ratino ham ular orasida bo'lishi mumkin.
— Joriy mavsum "Nasaf" Elit OCHLda ishtirok etadi. Jamoa tarkibi qanchalik kuchaytiriladi. Jamoaga Kojo kelishi haqida gap-so'zlar yuribdi...
— Kojoni Eron jamoasi bilan shartnomasi bor. Uni olish oson bo'lmaydi. Uning ijara narxi ham juda yuqori. Shuningdek, Kojoning maoshi ham ancha baland. Uni qo'lga kiritish biz uchun ham juda qiyin. Bundan tashqari, biz ijaraga futbolchi olmaymiz. Chunki bu biz uchun foydali bo'ladi deb o'ylamayman.
— Bugungi uchrashuvda Rahmatov va Cholovich qaydnomadan ham joy olmadi. Shuningdek, bugungi uchrashuvda Golgan hujumda o'ynadi. Nima uchun bugun Golban hujumda harakat qildi?
— Ko'pchilik bilmasligi mumkin, lekin Golban yoshligida hujumda o'ynagan. Shuningdek, u bosh bilan ham ancha yaxshi harakat qiladi. Biz uzun uzatmalar bilan qanotdan hujum qilganimizda Golgan kerak edi. Bugungi uchrashuvda Golban qisman bo'lsada foydasi tegdi. Umuman olganda, biz bu holatlarni mashg'ulotlarda ham sinab ko'ramiz. Bazida u, bazida Davronov hujumda harakat qiladi. Shuning uchun, bugun uni hujumga qo'yishga qaror qildik. Bizda bir nechta jarohatlar bor. Rahmatov, Cholovichda jarohat bor. Bundan tashqari, Umar bugun jarohati bilan o'ynadi.
— Ruben Xebay birinchi davra yakunlanmasdan jamoani tark etdi. Uning hujumdagi harakatlari bugungi bahsda foydasi tegishi mumkinmidi? Uning birinchi davra yakunlanmasdan ketishiga nima sabab bo'ldi?
— Xebay yaxshi hujumchi. Biroq bizga kelganda unda jarohatlar ko'payib ketdi. Shuningdek, u ortiqcha vazn bilan ham kurashdi. Shu sababli u jamoa bilan o'zaro kelishgan holda jamoani ertaroq tark etishga qaror qildi. Xebay ancha vaqtdan beri biz bilan birga emas edi.
— Ko'pchilik aytadi: Chempion bo'lish emas, uni saqlab qolish qiyin deb. "Nasaf" chempionlikni ushlab turishi qanchalik qiyin kechmoqda?
— Chempionatimiz juda ham kuchayib ketdi. Oldinlari 2-3 ta jamoa chempionlik uchun kurashgan bo'lsa, hozirda 7-8 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Shuning uchun, birinchi davrani kichkina farq bilan bo'lsada, birinchi o'rinda yakunlaganimiz juda yaxshi. Biz oxirgacha kurashamiz va chempionlikni saqlab qolishga intilamiz.
— "Dinamo" so'nggi ikkita uy uchrashuvlarida "Neftchi" va "Bunyodkor"dan engilgani bugungi o'yin oldidan "Nasaf" futbolchilarining biroz bo'shashishga sabab bo'lmadimi?
— Yo'q, biz raqibimizni hurmat qilamiz Samarqand jamoasini tarkibini kuchsiz deb bo'lmaydi. Tarkibda ancha mahoratli futbolchilar bor. Bu jamoa ancha shakllanib qolgan. Abramov o'zi bilgan va o'ziga kerak bo'lgan futbolchilarni taklif qilmoqda. "Dinamo"ni tepada yurishi tasodif emas. Chunki, Abramov uchinchi yil jamoada ishlamoqda. Ular yaxshi jamoaga aylanib borishmoqda.
— Birinchi davrada "Nasaf" asosiy raqiblarining ko'pi bilan uyda o'ynadi. Eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi deb o'ylaysiz?
— Qiynalgan jamoa haqida aniq fikr bildira olmayman. Bu savol haqida o'ylamapman. Uzr bu savolingizga javob bera olmayman.