Azim Ahmedov: "Navbahor"ning birinchi davradagi ishtirokini 7-8 ballga baholagan bo'lardim"

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 01:40
  • 42
  • 30

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" (2:0) o'yinidan keyin mehmonlar himoyachisi Azim Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Bizga g'alaba kerak edi, afsuski, yutqazib qo'ydik. "Paxtakor"ni tabriklayman. Ular haqli ravishda g'alaba qozondi. 

Kamchiliklar hammada bo'ladi, ularni to'g'rilashga harakat qilamiz. Balki yozgi transfer oynasida yangi o'yinchilar kelib qo'shilishar. 

"Paxtakor"ning kuchli jihatlari ko'p. Biz namanganlik muxlislarga g'alaba taqdim etmoqchi edik. Keyingi o'yinlarda kuchliroq bo'lib qaytamiz.

Hakamlarga baho bermoqchi emasman. Ularni baholaydigan odamlar bor.

"Navbahor"ning birinchi davradagi ishtirokini 7-8 ball (10 ballik tizimda)ga baholagan bo'lardim", — dedi 33 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar