Sardor Sobirxo'jaev: "Bu o'yinda qaysi jamoa birinchi gol ursa, o'sha g'alaba qozonardi"

  • Mr.NoBoDy 07.07.2025 01:24
  • 39
  • 30

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Navbahor" (2:0) o'yinidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qilishi bo'lishini bilgandik. Bunaqa ob-havoda, turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalar to'qnashuvida qaysi jamoa birinchi gol ursa, o'sha jamoaning imkoniyatlari oshib ketardi. Bu o'yin – golgacha bo'lgan o'yin edi, kim birinchi ursa, o'sha jamoa g'alaba qozonardi.

Ko'pgina imkoniyatlardan foydalanishda ozgina sovuqqonlik etishmadi. Birinchi davraning oxirida futbolchilarda toliqish bor edi, havo harorati ham yuqori edi. Shuningdek, xotirjamlik ham etishmadi. 

O'zbekiston kubogi chorak finalida "Mashal" raqib bo'lganini omad demagan bo'lardim. Chunki muborakliklar "Neftchi"ni turnirdan chiqarib yubordi. Bitta o'yindan iborat to'qnashuvda hamma narsa bo'lishi mumkin", — dedi 30 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar